Tizim24
← Bosh sahifaga qaytish

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 30-avgust, 2026 · 4-tahrir

MAXFIYLIK SIYOSATI «Tizim24» platformasida shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish siyosati Rekvizit Ma'lumot Hujjat tahriri № 3.0 Nashr etilgan va kuchga kirgan sana «30» avgust 2026 y. Doimiy joylashuv manzili https://tizim24.uz/maxfiylik-siyosati Mulkdor va operator «INSIGHT EDU» MChJ (brend — Tizim24) Aloqa ma'lymotlari [email protected], +998 55 707-88-00 1-BOB. UMUMIY QOIDALAR 1.1. Ushbu Maxfiylik siyosati (keyingi o'rinlarda — Siyosat) «INSIGHT EDU» mas'uliyati cheklangan jamiyati (brend nomi — «Tizim24», STIR 309632038, keyingi o'rinlarda — Operator) tomonidan shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish tartibini, maqsadlarini, shartlarini va ularni himoya qilish choralarini belgilaydi. 1.2. Siyosat quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni (O'RQ-547, 02.07.2019), jumladan uning 27¹-moddasi; «Axborotlashtirish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni; «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni; «Elektron tijorat to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni (O'RQ-792, 29.09.2022); «Elektron hujjat aylanishi to'g'risida»gi va «Elektron raqamli imzo to'g'risida»gi Qonunlar; Vazirlar Mahkamasining shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish sohasidagi qarorlari. 1.3. Siyosat quyidagi barcha holatlarga nisbatan qo'llaniladi: a) tizim24.uz saytidan va uning barcha bo'limlaridan foydalanish; b) Shaxsiy kabinet, Hamkor kabineti va Xodimlar kabinetida ro'yxatdan o'tish va ishlash; v) saytdagi lid formalari va aloqa formalari orqali murojaat qoldirish; g) saytdagi AI chat-agent bilan muloqot qilish; d) Operator bilan telefon, elektron pochta, Telegram, Instagram va boshqa kanallar orqali aloqa qilish; e) Operator tomonidan xizmat ko'rsatish jarayonida. 1.4. Siyosat Ommaviy ofertaning ajralmas qismi hisoblanadi. Ommaviy ofertani aksept qilish bilan bir vaqtda foydalanuvchi ushbu Siyosat shartlari bilan tanishgan va ularga rozilik bildirgan hisoblanadi. 1.5. Operator saytda uchinchi shaxslarning saytlariga havolalar joylashtirishi mumkin. Operator uchinchi shaxslar saytlarining maxfiylik amaliyoti uchun javobgar emas. Bunday saytlarga o'tishdan oldin ularning o'z siyosati bilan tanishish tavsiya etiladi. 1.6. Siyosatning amaldagi tahriri doimiy ravishda https://tizim24.uz/maxfiylik-siyosati manzilida ochiq e'lon qilinadi. 2-BOB. ATAMALAR 2.1. Shaxsga doir ma'lumotlar — muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo'lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog'ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot. 2.2. Subyekt — shaxsga doir ma'lumotlar o'ziga taalluqli bo'lgan jismoniy shaxs. 2.3. Mulkdor — shaxsga doir ma'lumotlar bazasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega bo'lgan shaxs. 2.4. Operator — shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishni amalga oshiruvchi shaxs. Ushbu Siyosatda — «INSIGHT EDU» MChJ. 2.5. Ishlov berish — shaxsga doir ma'lumotlarni yig'ish, tizimlashtirish, saqlash, o'zgartirish, to'ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo'q qilish bo'yicha bir harakatni yoki harakatlar majmuini amalga oshirish. 2.6. Egasizlantirish — ma'lumotlarni muayyan subyektga taalluqliligini aniqlash imkoniyatini yo'qotadigan holatga keltirish. 2.7. Transchegaraviy uzatish — shaxsga doir ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga uzatish. 2.8. Foydalanuvchi — saytdan, kabinetlardan yoki Operatorning xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxs. 2.9. Buyurtmachi — Operator bilan Ommaviy oferta asosida shartnoma tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs. 2.10. Cookie-fayllar — foydalanuvchining qurilmasida saqlanadigan va saytning ishlashini ta'minlaydigan kichik matnli fayllar. 2.11. AI chat-agent — sayt va messenjerlarda ishlaydigan, sun'iy intellekt texnologiyasiga asoslangan avtomatlashtirilgan muloqot moduli. 3-BOB. ROZILIK BERISH VA UNI QAYTARIB OLISH 3.1. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish subyektning roziligi asosida yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa asos mavjud bo'lganda amalga oshiriladi. 3.2. Rozilik quyidagi harakatlar orqali beriladi: a) ro'yxatdan o'tish yoki lid formasini yuborishda «Maxfiylik siyosati shartlariga roziman» belgisini faollashtirish; b) saytdagi formani to'ldirib yuborish; v) AI chat-agentga o'z kontakt ma'lumotlarini kiritish; g) Operatorga telefon, elektron pochta yoki messenjer orqali murojaat qilib, o'z ma'lumotlarini taqdim etish. 3.3. Rozilik erkin, aniq, xabardor holda va bir ma'noli tarzda beriladi. Operator rozilik berilgan faktni qayd etadi: sana, vaqt, IP-manzil, foydalanuvchi identifikatori va rozilik berilgan hujjat tahriri raqami. 3.4. Rozilikni qaytarib olish. Subyekt istalgan vaqtda roziligini qaytarib olishga haqli. Buning uchun [email protected] manziliga yoki Shaxsiy kabinet orqali ariza yuborish kifoya. Ariza 3 (uch) ish kuni ichida ko'rib chiqiladi. 3.5. Rozilik qaytarib olingan taqdirda Operator ishlov berishni to'xtatadi va ma'lumotlarni o'chiradi, quyidagi hollar bundan mustasno: qonunchilikda saqlash majburiy bo'lgan hujjatlar (moliyaviy, buxgalteriya, soliq hujjatlari); tuzilgan shartnomani bajarish yoki huquqiy talablarni himoya qilish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar. 3.6. Rozilikni qaytarib olish shartnoma tuzilgunga qadar berilgan xizmatlarning qonuniyligiga ta'sir qilmaydi. Xizmat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarga ishlov berishga rozilik qaytarib olinganda, Operator xizmat ko'rsatishni to'xtatishi mumkin. 4-BOB. QANDAY MA'LUMOTLAR YIG'ILADI 4.1. Operator faqat e'lon qilingan maqsadlarga erishish uchun zarur bo'lgan minimal hajmdagi ma'lumotlarni yig'adi. 4.2. Yig'iladigan ma'lumotlar toifalari: № Toifa Tarkibi Qachon yig'iladi 1 Identifikatsiya ma'lumotlari Familiya, ism, otasining ismi; lavozim; tashkilot nomi Ro'yxatdan o'tishda, lid qoldirishda 2 Kontakt ma'lumotlari Telefon raqami, elektron pochta, Telegram username, manzil Ro'yxatdan o'tishda, murojaatda 3 Akkaunt ma'lumotlari Login, parolning shifrlangan qiymati (hash), kirish tarixi Kabinetda ro'yxatdan o'tishda 4 Tijorat ma'lumotlari Tanlangan xizmatlar, tarif, summa, murojaat statusi, to'lov statusi va sanalari, promokod Buyurtma berishda va xizmat davomida 5 Hujjat va rekvizit ma'lumotlari Tashkilot STIRi, bank rekvizitlari, imzo huquqiga ega shaxs ma'lumotlari Shartnoma rasmiylashtirishda 6 Texnik ma'lumotlar IP-manzil, brauzer turi va versiyasi, operatsion tizim, qurilma turi, ekran o'lchami, sayt bo'ylab harakatlar, o'tish manbai (referrer) Saytga kirishda avtomatik 7 Muloqot ma'lumotlari AI chat-agent bilan yozishmalar, aloqa formalari matni, elektron xatlar, messenjer yozishmalari Muloqot paytida 8 Cookie va analitika Sessiya identifikatori, sozlamalar, analitika belgilari Saytdan foydalanishda 9 Hamkor ma'lumotlari Hamkor ID, kontakt ma'lumotlari, ixtisosligi, taqdim etgan lidlar, komissiya hisob-kitobi Hamkorlik dasturiga qo'shilishda 10 Xodim ma'lumotlari Xodimlar kabinetidagi ism-familiya, lavozim, biriktirilgan vazifalar Xodimlar kabinetida ishlashda 4.3. Operator quyidagilarni YIG'MAYDI va so'ramaydi: a) biometrik va genetik ma'lumotlar; b) sog'liq holati to'g'risidagi ma'lumotlar; v) irqiy yoki milliy mansublik, siyosiy qarashlar, diniy e'tiqod to'g'risidagi ma'lumotlar; g) bank kartasining to'liq raqami, CVV/CVC kodi va PIN-kodi (to'lovlar to'g'ridan-to'g'ri to'lov tizimlari sahifasida amalga oshiriladi, Operator bu ma'lumotlarni ko'rmaydi va saqlamaydi). 4.4. Agar foydalanuvchi 4.3-bandda ko'rsatilgan ma'lumotlarni o'z tashabbusi bilan (masalan, chatda yoki formada) kiritsa, Operator ularni aniqlangan zahoti o'chiradi. 4.5. Voyaga yetmaganlar. Sayt va xizmatlar 18 yoshga to'lgan shaxslarga mo'ljallangan. Operator ataylab voyaga yetmaganlarning ma'lumotlarini yig'maydi. Bunday holat aniqlansa, ma'lumotlar darhol o'chiriladi. Ota-ona yoki qonuniy vakil bunday holat haqida [email protected] manziliga xabar berishi mumkin. 5-BOB. MA'LUMOTLARNI YIG'ISH MANBALARI 5.1. Operator ma'lumotlarni quyidagi manbalardan oladi: 5.1.1. Bevosita subyektdan — saytdagi formalar, kabinetda ro'yxatdan o'tish, chat-agent bilan muloqot, telefon qo'ng'irog'i, elektron xat, messenjer, oflayn uchrashuv. 5.1.2. Avtomatik ravishda — saytdan foydalanish jarayonida texnik ma'lumotlar va cookie-fayllar orqali. 5.1.3. Hamkorlardan — Hamkorlik dasturi ishtirokchilari tomonidan ro'yxatdan o'tkazilgan lidlar orqali. Bunday hollarda rozilikni olish mas'uliyati hamkorga yuklanadi, Operator esa subyektga birinchi murojaat paytida ma'lumot manbaini oshkor qiladi. 5.1.4. Buyurtmachidan — xizmat ko'rsatish jarayonida Buyurtmachi o'z xodimlari yoki mijozlarining ma'lumotlarini taqdim etganda (10-bobga qarang). 5.1.5. Ochiq manbalardan — tashkilotning rasmiy sayti, ochiq davlat reyestrlari. 6-BOB. ISHLOV BERISH MAQSADLARI VA HUQUQIY ASOSLARI 6.1. Operator ma'lumotlarga faqat quyida sanab o'tilgan maqsadlarda ishlov beradi: № Maqsad Qaysi ma'lumotlar Huquqiy asos Saqlash muddati 1 Murojaatni qayta ishlash, konsultatsiya berish 1, 2, 7-toifalar Rozilik 3 yil 2 Shartnoma tuzish va bajarish 1, 2, 4, 5-toifalar Shartnoma bajarilishi Shartnoma tugagandan keyin 5 yil 3 Akkaunt yaratish va kabinetni yuritish 1, 2, 3-toifalar Shartnoma bajarilishi Akkaunt faol davri + 1 yil 4 To'lovlarni qayta ishlash va buxgalteriya hisobi 1, 4, 5-toifalar Qonun talabi Qonunda belgilangan muddat (kamida 5 yil) 5 Texnik qo'llab-quvvatlash ko'rsatish 1, 2, 7-toifalar Shartnoma bajarilishi Xizmat davri + 2 yil 6 AI chat-agent orqali avtomatik javob berish 2, 7-toifalar Rozilik 12 oy 7 Saytning ishlashini ta'minlash va xavfsizlik 6, 8-toifalar Operatorning qonuniy manfaati 12 oy 8 Xizmat sifatini tahlil qilish va yaxshilash 6, 7, 8-toifalar (egasizlantirilgan holda) Rozilik 12 oy 9 Marketing xabarlari yuborish 1, 2-toifalar Alohida rozilik Rozilik qaytarib olinguncha 10 Hamkorlik dasturini yuritish va komissiya hisobi 9-toifa, 4-toifa Shartnoma bajarilishi Hamkorlik tugagandan keyin 5 yil 11 Nizolarni hal qilish va huquqiy manfaatlarni himoya qilish Barcha tegishli toifalar Operatorning qonuniy manfaati Da'vo muddati tugaguncha 12 Davlat organlari talablarini bajarish Talab qilingan toifalar Qonun talabi Qonunda belgilangan muddat 6.2. Operator ma'lumotlarni e'lon qilingan maqsadlardan tashqarida ishlatmaydi. Yangi maqsad paydo bo'lsa, subyektdan alohida rozilik olinadi. 6.3. Marketing xabarlari faqat alohida rozilik asosida yuboriladi. Har bir marketing xabarida undan voz kechish (unsubscribe) imkoniyati ko'rsatiladi. Xizmat, hisob-kitob va shartnomaga oid xabarlar marketing hisoblanmaydi va ulardan voz kechish mumkin emas. 6.4. Saqlash muddati tugagach ma'lumotlar o'chiriladi yoki egasizlantiriladi. Egasizlantirilgan ma'lumotlar (statistika, umumlashtirilgan tahlil) muddatsiz saqlanishi mumkin, chunki ular endi shaxsga doir ma'lumot hisoblanmaydi. 7-BOB. MA'LUMOTLARNI UCHINCHI SHAXSLARGA BERISH 7.1. Operator shaxsga doir ma'lumotlarni sotmaydi, ijaraga bermaydi va tijorat maqsadida tarqatmaydi. 7.2. Ma'lumotlar faqat quyidagi hollarda uchinchi shaxslarga beriladi: 7.2.1. Subyektning roziligi bilan; 7.2.2. Xizmat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan texnologik provayderlarga (7.3-band); 7.2.3. Qonun talabiga binoan — sud, prokuratura, soliq organlari va boshqa vakolatli davlat organlarining qonuniy so'roviga javoban; 7.2.4. Operatorning huquqiy manfaatlarini sudda himoya qilish uchun — advokat va vakillarga. 7.3. Ishlov berishga jalb qilinadigan provayderlar toifalari: Toifa Vazifasi Qaysi ma'lumotlar uzatiladi Xosting va server infratuzilmasi Sayt va ilovalarni joylashtirish Texnik ma'lumotlar, saytga kiritilgan ma'lumotlar Ma'lumotlar bazasi va autentifikatsiya xizmati Kabinet ma'lumotlarini saqlash, kirishni ta'minlash Akkaunt va profil ma'lumotlari CRM tizimi Lidlarni va mijozlar bilan ishlashni yuritish Identifikatsiya, kontakt va tijorat ma'lumotlari Sun'iy intellekt provayderi AI chat-agent javoblarini shakllantirish Chatga kiritilgan matn SMS va xabar yuborish xizmatlari Tasdiqlash kodlari va xabarnomalar Telefon raqami, xabar matni To'lov tizimlari (Payme, Click va boshqalar) To'lovlarni qabul qilish To'lov identifikatori, summa, buyurtma raqami Telefoniya va IP-ATS xizmatlari Qo'ng'iroqlarni qabul qilish va yozib olish Telefon raqami, qo'ng'iroq yozuvi Analitika xizmatlari Sayt statistikasini yig'ish Egasizlantirilgan texnik ma'lumotlar Buxgalteriya va elektron hujjat aylanishi operatorlari Hisob-fakturalar va hujjatlar Rekvizitlar, hisob-kitob ma'lumotlari 7.4. Operator har bir provayder bilan maxfiylik va ma'lumotlarni himoya qilish shartlarini o'z ichiga olgan shartnoma tuzadi. Provayderlar ma'lumotlarni faqat Operatorning ko'rsatmalari doirasida va faqat topshirilgan vazifa uchun ishlatishga haqli. 7.5. Amaldagi provayderlarning aniq ro'yxati [email protected] manziliga so'rov yuborish orqali olinishi mumkin. 7.6. Operator o'z faoliyatini qayta tashkil etgan yoki biznesni o'tkazgan taqdirda, ma'lumotlar huquqiy vorisga o'tkazilishi mumkin, bunda ushbu Siyosat shartlari saqlanib qoladi va subyektlar oldindan xabardor qilinadi. 8-BOB. MA'LUMOTLARNI SAQLASH JOYI VA TRANSCHEGARAVIY UZATISH 8.1. «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonunning 27¹-moddasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi hududida saqlanishi shart bo'lgan toifadagi ma'lumotlar (jumladan biometrik va genetik ma'lumotlar) jismonan O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda shaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reyestrida ro'yxatdan o'tkazilgan bazalarda yig'iladi, tizimlashtiriladi va saqlanadi. 8.2. Operatorning asosiy server infratuzilmasi O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan. 8.3. Ayrim texnologik xizmatlar (bulutli ma'lumotlar bazasi, sun'iy intellekt modellari, xalqaro dasturiy mahsulotlar) chet elda joylashgan bo'lishi mumkin. Bunday hollarda transchegaraviy uzatish qonunchilikda nazarda tutilgan shartlar bajarilgan holda amalga oshiriladi, xususan: a) chet davlat shaxsga doir ma'lumotlarning bir xil darajada himoya qilinishini ta'minlovchi davlat sifatida tan olingan bo'lsa; yoki b) vakolatli davlat organi tasdiqlaydigan talablarga javob beruvchi standart shartnomaviy shartlar yoxud majburiy korporativ qoidalar qabul qilingan va ularga rioya etilgan bo'lsa. 8.4. Foydalanuvchi ushbu Siyosatni qabul qilish orqali 8.3-bandda ko'rsatilgan shartlar doirasida ma'lumotlarining transchegaraviy uzatilishiga rozilik beradi. 8.5. Operator transchegaraviy uzatishda uzatiladigan ma'lumotlar hajmini minimallashtirish choralarini ko'radi, jumladan imkon bo'lganda ma'lumotlarni egasizlantiradi. 9-BOB. AI CHAT-AGENT ORQALI ISHLOV BERISH 9.1. Saytda va messenjerlarda foydalanuvchilarga birlamchi konsultatsiya berish uchun sun'iy intellekt texnologiyasiga asoslangan chat-agent ishlaydi. 9.2. Foydalanuvchi chat oynasini ochgan paytdan e'tiboran u avtomatlashtirilgan tizim bilan muloqot qilayotgani to'g'risida xabardor qilinadi. 9.3. Chatga kiritilgan matn javob shakllantirish uchun sun'iy intellekt provayderining serverlariga uzatiladi. Foydalanuvchi chatga shaxsiy, maxfiy yoki nozik ma'lumotlarni kiritmasligi tavsiya etiladi. 9.4. Muloqot yozuvlari xizmat sifatini oshirish, nizolarni hal qilish va xavfsizlikni ta'minlash maqsadida 12 (o'n ikki) oy davomida saqlanadi, so'ngra o'chiriladi yoki egasizlantiriladi. 9.5. Agar foydalanuvchi chat orqali o'z kontakt ma'lumotlarini qoldirsa, ular lid sifatida qayd etiladi va 6-bobda ko'rsatilgan maqsadlarda ishlov beriladi. 9.6. AI chat-agent tomonidan berilgan javoblar ma'lumot xarakteriga ega bo'lib, rasmiy oferta yoki yuridik maslahat hisoblanmaydi. Foydalanuvchi istalgan vaqtda jonli menejer bilan bog'lanishni so'rashga haqli. 9.7. Operator sun'iy intellekt yordamida foydalanuvchiga nisbatan yuridik oqibat keltirib chiqaradigan avtomatik qaror qabul qilmaydi (masalan, xizmat ko'rsatishdan avtomatik bosh tortish). Barcha muhim qarorlar Operator xodimi ishtirokida qabul qilinadi. 10-BOB. BUYURTMACHINING MIJOZ MA'LUMOTLARI 10.1. Xizmat ko'rsatish jarayonida (CRM joriy etish, ma'lumotlar bazasini ko'chirish, integratsiya sozlash) Operator Buyurtmachining o'z mijozlari, kontragentlari va xodimlarining ma'lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin. 10.2. Bunday ma'lumotlarga nisbatan: Buyurtmachi — mulkdor sifatida ish ko'radi va rozilik olish, subyektlarni xabardor qilish, ishlov berishning qonuniyligini ta'minlash mas'uliyatini o'z zimmasiga oladi; Operator — operator sifatida faqat Buyurtmachining topshirig'i va ko'rsatmalari doirasida harakat qiladi. 10.3. Operator bunday ma'lumotlardan o'z maqsadlarida foydalanmaydi, ularni uchinchi shaxslarga bermaydi, o'z marketing bazasiga qo'shmaydi va tahlil qilmaydi. 10.4. Operatorning mutaxassislari Buyurtmachi tizimlariga faqat ish bajarish uchun zarur bo'lgan vaqtda va hajmda kiradi. Barcha kirishlar jurnalga yozib boriladi. 10.5. Xizmat ko'rsatish yakunlangandan so'ng Operator Buyurtmachi tizimlaridagi administrator huquqlarini qaytaradi yoki o'z kirish huquqini o'chiradi, agar davomiy qo'llab-quvvatlash shartnomasi mavjud bo'lmasa. 10.6. Buyurtmachi taqdim etgan ma'lumotlarning qonuniyligi bo'yicha kafolatlar va javobgarlik Ommaviy ofertaning 15.3-bandida belgilangan. 11-BOB. COOKIE-FAYLLAR VA ANALITIKA 11.1. Sayt ishlashini ta'minlash va foydalanish qulayligini oshirish uchun cookie-fayllardan foydalaniladi. 11.2. Cookie turlari: Turi Vazifasi O'chirish mumkinmi Majburiy (texnik) Sessiyani saqlash, kabinetga kirish, xavfsizlik Yo'q — usiz sayt ishlamaydi Funksional Til, sozlamalar, chat holatini eslab qolish Ha Analitik Sayt trafigi va foydalanish statistikasi Ha 11.3. Foydalanuvchi brauzer sozlamalari orqali cookie-fayllarni bloklashi yoki o'chirishi mumkin. Bunda saytning ayrim funksiyalari ishlamasligi mumkin. 11.4. Analitik ma'lumotlar umumlashtirilgan va egasizlantirilgan shaklda qayta ishlanadi va aniq shaxsni identifikatsiya qilish uchun ishlatilmaydi. 11.5. Operator saytdan foydalanish statistikasini yig'ishda uchinchi shaxs analitika xizmatlaridan foydalanishi mumkin; bunday xizmatlar o'z maxfiylik siyosatiga ega. 12-BOB. SUBYEKTNING HUQUQLARI 12.1. Subyekt quyidagi huquqlarga ega: 12.1.1. O'ziga taalluqli ma'lumotlarga ishlov berilayotgani, uning maqsadi, usullari va muddati to'g'risida axborot olish; 12.1.2. O'z ma'lumotlari nusxasini olish; 12.1.3. Noto'g'ri, to'liq bo'lmagan yoki eskirgan ma'lumotlarni o'zgartirish va to'ldirishni talab qilish; 12.1.4. Ma'lumotlarni o'chirishni (yo'q qilishni) talab qilish, agar ular noqonuniy olingan bo'lsa yoki ishlov berish maqsadi uchun endi zarur bo'lmasa; 12.1.5. Ishlov berishga bergan roziligini qaytarib olish; 12.1.6. Ma'lumotlarni ishlov berishni bloklashni (to'xtatib turishni) talab qilish; 12.1.7. Marketing xabarlarini olishdan voz kechish; 12.1.8. Operatorning harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organiga yoki sudga shikoyat qilish. 12.2. Murojaat tartibi. Subyekt o'z huquqini amalga oshirish uchun [email protected] manziliga elektron xat yuboradi yoki Shaxsiy kabinet orqali ariza qoldiradi. Murojaatda quyidagilar ko'rsatiladi: familiya, ism; aloqa ma'lumotlari; talabning mohiyati. 12.3. Ko'rib chiqish muddatlari: ma'lumotlarni o'zgartirish va to'ldirish — murojaat kelib tushgan paytdan 3 (uch) ish kunidan kechiktirmay; noto'g'rilik aniqlangan taqdirda — darhol; ma'lumotlarni taqdim etish yoki o'chirish to'g'risidagi murojaat — 7 (yetti) ish kuni ichida; boshqa murojaatlar — qonunchilikda belgilangan muddatda. 12.4. Operator murojaat qilgan shaxsning shaxsini tasdiqlash uchun qo'shimcha ma'lumot so'rashga haqli. Bu boshqa shaxsning ma'lumotlariga ruxsatsiz kirishning oldini olish uchun zarur. 12.5. Operator talabni bajarishdan bosh tortgan taqdirda, asoslantirilgan yozma javob beradi va shikoyat qilish tartibini tushuntiradi. 12.6. Huquqlarni amalga oshirish bepul. Aynan bir xil takroriy so'rovlar asossiz ravishda ko'p yuborilgan taqdirda, Operator ularni ko'rib chiqishni rad etishi mumkin. 13-BOB. XAVFSIZLIK CHORALARI 13.1. Operator ma'lumotlarni himoya qilish uchun huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni ko'radi. 13.2. Tashkiliy choralar: ma'lumotlarga kirish huquqi faqat vazifa bajarish uchun zarur bo'lgan xodimlarga beriladi (minimal yetarlilik prinsipi); barcha xodimlar bilan maxfiylik majburiyati rasmiylashtiriladi; xodimlar ma'lumotlarni himoya qilish qoidalari bo'yicha o'qitiladi; ma'lumotlarga ishlov berish uchun mas'ul shaxs tayinlangan; provayderlar bilan ma'lumotlarni himoya qilish shartlari kelishiladi. 13.3. Texnik choralar: ma'lumotlarni uzatishda shifrlash (HTTPS/TLS protokoli); parollarni ochiq shaklda emas, kriptografik hash ko'rinishida saqlash; kabinetlarga kirishda rollar va huquqlar tizimi; tizimga kirishlar va harakatlarni jurnalga yozib borish (audit log); so'rovlar chastotasini cheklash va avtomatlashtirilgan hujumlardan himoya; ma'lumotlar bazasining muntazam zaxira nusxasi; serverlar va dasturiy ta'minotni muntazam yangilab turish; API kalitlari va maxfiy sozlamalarni faqat server tomonida saqlash. 13.4. Operator xavfsizlikning mutlaq kafolatini bera olmaydi, chunki internet orqali ma'lumot uzatish tabiatan ma'lum darajadagi riskni o'z ichiga oladi. Operator zamonaviy va oqilona himoya darajasini ta'minlash majburiyatini oladi. 13.5. Foydalanuvchining mas'uliyati. Foydalanuvchi o'z parolini maxfiy saqlashi, uni uchinchi shaxslarga bermasligi va shubhali faollik aniqlanganda darhol Operatorni xabardor qilishi shart. 14-BOB. MA'LUMOTLAR BILAN BOG'LIQ HODISA (INSIDENT) 14.1. Ma'lumotlarga ruxsatsiz kirish, ularning oshkor bo'lishi yoki yo'qolishi holati aniqlangan taqdirda Operator: 14.1.1. hodisani lokalizatsiya qilish va oqibatlarini cheklash choralarini darhol ko'radi; 14.1.2. hodisaning sabablari va hajmini aniqlash uchun ichki tekshiruv o'tkazadi; 14.1.3. ta'sirlangan subyektlarni 72 (yetmish ikki) soat ichida xabardor qiladi, agar hodisa ularning huquqlariga jiddiy xavf tug'dirsa; 14.1.4. qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda vakolatli davlat organini xabardor qiladi; 14.1.5. kelajakda takrorlanishining oldini olish choralarini ko'radi. 14.2. Xabarnomada hodisaning tavsifi, qaysi toifadagi ma'lumotlar ta'sirlangani, mumkin bo'lgan oqibatlar va subyektga tavsiya etiladigan choralar ko'rsatiladi. 15-BOB. SIYOSATGA O'ZGARTIRISH KIRITISH 15.1. Operator ushbu Siyosatga o'zgartirish kiritish huquqiga ega. O'zgartirishlar qonunchilikdagi o'zgarishlar, yangi xizmatlar joriy etilishi yoki ishlov berish amaliyotining o'zgarishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. 15.2. Yangi tahrir https://tizim24.uz/maxfiylik-siyosati manzilida joylashtiriladi va unda kuchga kirish sanasi ko'rsatiladi. 15.3. Ishlov berish maqsadlari yoki hajmi jiddiy o'zgargan taqdirda Operator foydalanuvchilarni kamida 10 (o'n) kalendar kun oldin elektron pochta yoki kabinetdagi bildirishnoma orqali xabardor qiladi. 15.4. Yangi tahrir kuchga kirgandan keyin xizmatlardan foydalanishni davom ettirish o'zgartirishlarga rozilik hisoblanadi. Rozi bo'lmagan foydalanuvchi 3.4-bandga muvofiq roziligini qaytarib olishga haqli. 15.5. Siyosatning oldingi tahrirlari arxivda saqlanadi va so'rov asosida taqdim etiladi. 16-BOB. YAKUNIY QOIDALAR 16.1. Ushbu Siyosat Ommaviy ofertaning ajralmas qismi hisoblanadi va u bilan birgalikda qo'llaniladi. 16.2. Siyosat va Ommaviy oferta o'rtasida shaxsga doir ma'lumotlarga oid ziddiyat yuzaga kelsa, ushbu Siyosat ustunlik qiladi. 16.3. Siyosatning biror bandi qonunchilikka zid deb topilsa, bu qolgan bandlarning haqiqiyligiga ta'sir qilmaydi. 16.4. Siyosat o'zbek tilida tuzilgan. Boshqa tillardagi tarjimalar ma'lumot uchun taqdim etiladi; ziddiyat bo'lsa o'zbek tilidagi matn ustunlik qiladi. 16.5. Siyosatga va undan kelib chiqadigan munosabatlarga O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi qo'llaniladi. Nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. 17-BOB. ALOQA MA'LUMOTLARI 17.1. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish bo'yicha barcha savollar, murojaatlar va shikoyatlar quyidagi manzillarga yuboriladi: Rekvizit Ma'lumot Mulkdor va operator «INSIGHT EDU» mas'uliyati cheklangan jamiyati Brend nomi Tizim24 STIR 309632038 Yuridik manzil Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Nurafshon MFY, Umid ko'chasi, 8-uy Ofis manzili Samarqand shahri, Orzu Mahmudov ko'chasi, 13-uy Direktor Nasriddinov Firdavs Ma'lumotlarga ishlov berish bo'yicha mas'ul shaxs Nasriddinov Firdavs, direktor Elektron pochta [email protected] Telefon +998 55 707-88-00 Qo'shimcha telefon +998 99 998-52-22 Sayt https://tizim24.uz Telegram @tizim24 Instagram @tizim24.uz_ 17.2. Subyekt Operatorning javobidan qoniqmagan taqdirda, shaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organiga (pd.gov.uz) yoki sudga murojaat qilishga haqli.