Tizim24
KOMPANIYANGIZNI YAGONA BOSHQARUV TIZIMIGA O'TKAZING

Bitrix24 joriy qilish va biznesga integratsiya

Loyiha va vazifalar nazoratsiz qolyaptimi, bo'limlar o'rtasida muloqot sekinmi yoki mijozlar bazasi tartibsizmi? Bitrix24 orqali kompaniyangizning sotuv, marketing va operatsion jarayonlarini yagona raqamli ekotizimga biriktiramiz.

Xizmat tarkibi (8 bosqichda to'liq joriy qilish)

  1. 1

    Biznes-diagnostika va audit

    Jarayonni kompaniyangizning amaldagi biznes-strukturasi, sotuv voronkalari, bo'limlar o'rtasidagi zanjirlar va og'riqli nuqtalarini chuqur tahlil qilishdan boshlaymiz.

  2. 2

    Texnik topshiriq (TT) va arxitektura

    Diagnostika natijalari asosida Bitrix24'ni biznesingizga moslashtirish rejasini va aniq Texnik topshiriqni ishlab chiqamiz.

  3. 3

    Bitrix24 bazaviy sozlamalari va CRM

    Tashkiliy tuzilma (kompaniya strukturasi), xodimlar huquqlari, sotuv va xizmat ko'rsatish voronkalari (Pipelines) hamda kontaktlar bazasini sozlaymiz.

  4. 4

    Aloqa kanallarini (Omnichannel) integratsiya qilish

    Telegram, Instagram, WhatsApp, IP-telefoniya, saytdagi formalar va email'ni Bitrix24 Open Channels tizimiga biriktiramiz.

  5. 5

    Loyiha va vazifalar (Tasks & Projects) modulini sozlash

    Xodimlar va bo me'yori uchun vazifalar qo'yish, KPI va muddatlarni (deadlines) nazorat qilish, Gantt diagrammasi hamda Kanban doskalarini shakllantiramiz.

  6. 6

    Biznes-jarayonlar va robotlarni avtomatlashtirish

    Hujjatlar aylanishi, tasdiqlash jarayonlari (soglashuvlar), avto-vazifalar hamda mijozlarga avtomatik xabarnomalar yuborishni robotlashtiramiz.

  7. 7

    Tashqi tizimlar va 1C / ERP integratsiyasi

    Bitrix24'ni 1C, to'lov tizimlari, omborxona dasturlari va boshqa ichki servislar bilan ma'lumot ayirboshlashini yo'lga qo'yamiz.

  8. 8

    Xodimlarni o'qitish, testlash va ishga tushirish

    Tizimni real rejimda test qilamiz, rahbarlar va xodimlarni ishlashga o'rgatamiz, amaliy video-yo'riqnomalar taqdim etamiz.

Nega aynan Tizim24*?

Chuqur diagnostika:

Biz shunchaki dasturni o'rnatmaymiz, avval biznesingiz anatomiyasini o'rganib, aynan sizga ishlaydigan yechim beramiz.

Mukammal integratsiya:

CRM, 1C, IP-telefoniya va ijtimoiy tarmoqlarni uzviy bitta zanjirga bog'laymiz.

Amaliy tajriba:

Biznes jarayonlarini tizimlashtirish va avtomatlashtirish bo'yicha ko'p yillik amaliy tajribaga ega jamoa.

Bitrix24 joriy qilish bo'yicha 3 xil tarif mavjud. Biznesingiz ko'lami va avtomatlashtirish darajasiga mos variantni tanlang. (Tafsilotlar va narxlar pastda)

Tariflar

«Bitrix24 joriy qilish va biznesga integratsiya» bo'yicha 3 ta variant. Kerakligini tanlang — narx va shartlarni shu yerda ko'rasiz.

Standart

11 900 000 so'mbir martalik

🔴 Tizimlashtirilmagan biznes va StartUp'lar uchun • Biznes jarayonlarini diagnostika qilish, ma’lumot yig‘ish. Texnik spetsifikatsiyalarni ishlab chiqish. • Ijtimoiy tarmoqlar yoki tezkor xabarlar bilan integratsiya (Instagram + Facebook...) • Sotuv voronkasi, Kontakt kartochkalari sozlash, Mijozlar va bitimlar uchun bosqichlarni belgilash. • Mijozlar bazasini import qilish • Foydalanuvchilar qo‘shish hamda rollar va huquqlarni sozlash • Xodimlar uchun asosiy vositalardan foydalanish bo'yicha online trening o'tkazish

Eng ko'p so'raladi

PROFESSIONAL

14 990 000 so'mbir martalik

🟡 Rivojlanayotgan biznes va faol savdo jamoasi uchun STANDARD+ rejasiga kiritilgan barcha xizmatlar: • Telegramda avtomatik hisobot berish • CRM va savdo stsenariylaridan to'g'ri foydalanish uchun audit tizimini yaratish • To'liq funksiyali "Vazifalar va loyihalar" modulini to'liq ishga tushirish • Telegramda chatbot yaratish va integratsiya qilish • Savdo jamoasi uchun onlayn trening (jonli + video yozuvlar) • Ishga tushirilgandan keyin uch oy davomida doimiy qo'llab-quvvatlash.

Tavsiya etamiz

Eksklyuziv

24 990 000 so'mbir martalik

🟢 Premium segment, maksimal avtomatizatsiya PROFESSIONAL tarifidagi barcha ishlar + qo‘shimcha: • Murakkab avtomatizatsiya ssenariylari • Professional Web Sayt (landing page) ishlab chiqish. • Mobil telefoniya integratsiyasi • Sotuv bo‘limi uchun chuqurlashtirilgan CRM va Sotuv bo'yicha offline trening • HR va Recruting tizimini joriy etish, xodimlarni monitoring qilishni tashkil etish va Sotuv bo'yicha professional online kurs o'tish. • Rahbar uchun sotuv bo'limi natijalarini nazorat qilish bo'yicha individual konsultatsiya. • Joriy etilganidan keyin olti oy davomida doimiy bepul qo'llab-quvvatlash.

«Bitrix24 joriy qilish va biznesga integratsiya» bo'yicha murojaat qoldiring

Birinchi suhbat bepul. Biznesingizni o'rganamiz va nima qilish kerakligini aniq aytamiz.

Boshqa xizmatlar